platina.uz
Iqtisod

Xorij valyutasi operatsiyalarini buxgalteriya hisobida aks ettirish tartibi belgilandi

Valyuta operatsiyasini tan olishda uning soʻmga nisbatan Markaziy bank kursi hisobga olinadi. 

Xorij valyutasi operatsiyalarini buxgalteriya hisobida aks ettirish tartibi belgilandi

Xorij valyutasi operatsiyalarini buxgalteriya hisobida aks ettirish tartibi belgilandi.

Oʻzbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobining milliy standarti (22-sonli BHMS) “Chet el valyutasida ifodalangan aktivlar va majburiyatlarning hisobi” Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazildi.

Mazkur BHMS byudjet, banklar va nobank kredit tashkilotlaridan tashqari mulkchilik shaklidan qatʼiy nazar Oʻzbekistonda faoliyat yuritayotgan yuridik shaxslarning chet el valyutasidagi operatsiyalarini va chet eldagi boʻlinmalarning maʼlumotlarini buxgalteriya hisobida aks ettirish hamda ularni moliyaviy hisobotda yoritib berish tartibini belgilaydi.

Quyidagi operatsiyalar chet el valyutasidagi operatsiyalar hisoblanadi:

-tovarlar, ishlar va xizmatlarni chet el valyutasida xarid yoki realizatsiya qilish;

-toʻlanadigan yoki olinadigan summalari chet el valyutasidagi pul mablagʻlarini qarzga olish yoki qarzga berish;

-chet el valyutasida aktivlarni xarid yoki realizatsiya qilish yoxud chet el valyutasida majburiyatlarni qabul qilish yoki soʻndirish.

Chet el valyutasidagi operatsiyani tan olishda uni amalga oshirish sanasidagi chet el valyutasining soʻmga nisbatan Markaziy bankning kursi boʻyicha tan olinadi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid