Toshkent viloyatida chiqindi xizmatlari narxi oshadi
Bir kishi uchun narxlar QQS bilan 7840 soʻmni tashkil etadi.

Toshkent viloyatida 2025 yil 1 yanvardan chiqindi olib ketish tariflari koʻtariladi. Bu haqda Xalq deputatlari Toshkent viloyati kengashi qarori eʼlon qilindi.
Qaror ilovasiga koʻra, 1 yanvardan tariflar quyidagicha belgilanadi: jismoniy shaxslarga bir kishi uchun QQSsiz 7 ming soʻm, QQS bilan 7840 soʻmni tashkil etadi.
Yuridik shaxslar uchun 1 metr kvadratga 74 ming soʻm (QQSsiz) va 82 880 soʻmni (QQS bilan) tashkil etadi.

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar boshqarmasi yangi narxlar haqida turli nashrlarda maʼlumot berib borilishini taʼminlaydi.
Avvalroq Surxondaryo viloyati va Toshkent shahrida chiqindi tariflari oshgandi.