platina.uz

Shavkat Mirziyoyev Putin bilan muloqot oʻtkazdi

Oʻzbekiston rahbari Rossiya kimyoviy, radiatsiyaviy va biologik mudofaa qoʻshinlari boshligʻi Igor Kirillovning oʻlimi sabab hamdardlik bildirgan. 

Siyosat
20-dekabr 2024 yil
Shavkat Mirziyoyev Putin bilan muloqot oʻtkazdi

Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 19 dekabr kuni Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqot qildi.

Ikki tomonlama kun tartibidagi hamda mintaqaviy tashkilotlar doirasidagi koʻp tomonlama hamkorlikning dolzarb masalalari koʻrib chiqildi.

Xavfsizlikka tahdid va xatarlarga qarshi kurashni kuchaytirish maqsadida ikki mamlakat maxsus xizmatlari oʻrtasidagi yaqin va samarali hamkorlikni davom ettirish muhimligi qayd etildi.

Kreml xabariga koʻra, Shavkat Mirziyoyev Rossiya Qurolli Kuchlari Kimyoviy, radiatsiyaviy va biologik mudofaa qoʻshinlari boshligʻi general-leytenant Igor Kirillov va uning yordamchisi Ilya Polikarpovning vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirgan.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+