platina.uz
Jamiyat

Qashqadaryoda rahbar isitish tizimiga ajratilgan qariyb 1 mlrd soʻmni oʻzlashtirib yuborgani aniqlandi

Ijtimoiy muassasaga ajratilgan pul bilan birgalikda 79 tonna koʻmir ham talon-toroj qilingani aytilmoqda. 

Qashqadaryoda rahbar isitish tizimiga ajratilgan qariyb 1 mlrd soʻmni oʻzlashtirib yuborgani aniqlandi
Foto: Platina.uz

Qashqadaryoda Koʻkdala tumanida isitish tizimini taʼmirlashda 934,4 mln soʻmni oʻzlashtirgan MChJ rahbari aniqlandi.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Koʻkdala tumani boʻlimi tomonidan tergovga qadar tekshiruv oʻtkazilgan.

Unda “S-TH.” MChJ masʼul shaxslari va boshqalar oʻzaro til biriktirgan.

Ular tumandagi ijtimoiy soha obʼektlarining isitish tizimida bajarilgan qurilish-taʼmirlash ishlarida rasmiy hujjatlarga amalda bajarilmagan ishlarni qoʻshib yozish orqali jami 934,4 mln soʻm byudjet mablagʻlarini hamda ushbu ijtimoiy soha obʼektlarini isitish uchun olib kelingan 79 tonna koʻmirni talon-toroj qilganliklari aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (oʻzlashtirish yoki rastrata yoʻli bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid