platina.uz
Jamiyat

Orolboʻyida ogʻir ijtimoiy vaziyatdagi oilalarga yordam berildi

Prezident maslahatchisi oʻrinbosari va boshqa masʼullar Nukusdan yuzlab kilometr uzoqlikda boʻlgan ovullarni oʻrgandi. 

Orolboʻyida ogʻir ijtimoiy vaziyatdagi oilalarga yordam berildi

Qish mavsumini koʻngildagidek oʻtkazish boʻyicha Prezident virtual va Xalq qabulxonalariga kelib tushayotgan murojaatlar, aholi muammolarini oʻrganish va hal qilish maqsadida Orolboʻyida ishlar olib borilmoqda.

Jumladan, Prezident maslahatchisi oʻrinbosari – Xalq qabulxonasi rahbari Ulugʻbek Muhammadiyev boshchiligidagi ishchi guruh vakillari, sektorlar rahbarlari eng olis, chekka hududlarda boʻlib, odamlar bilan muloqot olib bordi.

Nukus shahridan yuz kilometr olisdagi Qoʻngʻirot tumanining “Qoʻngʻirot”, “Qoratol” ovullarida aholi, “mahalla yettiligi” bilan muloqotlar asnosida kichik tadbirkorlik subʼektlari vakillarini oʻylantirayotgan masalalar oʻrganildi.

Ogʻir ijtimoiy ahvoldagi oilalarga amaliy yordam koʻrsatildi.

Nukusdan uch yuz kilometr uzoqda joylashgan Ellikqalʼa tumani “Chuqurqoq” ovuli aholisi bilan muloqotlarda avvalgi sayyor qabullardagi murojaatlar boʻyicha belgilangan vazifalar ijrosi ham oʻrganildi.

Shu kuni aholi uchun arzonlashtirilgan savdo yarmarkalari tashkil qilinib, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar holidan xabar olindi, ularga kishki kiyim-boshlar, oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib berildi.

Nukus shahridan yetmish kilometr olisdagi Qoraoʻzak tumani “Qutli makon” mahallasida tashkil qilingan navbatdagi sayyor qabulda asosan tabiiy gaz, elektr energiyasi, sogʻliqni saqlash, soliq imtiyozlari boʻyicha qator murojaatlar koʻrib chiqilib, ularning aksariyati joyida hal qilindi.

Shuningdek, chekka-olis ovullarda uyma-uy yurilib, ogʻir sharoitdagi oilalar, bemorlar, yolgʻiz keksalar holidan xabar olindi.

Prezident Xalq qabulxonalari va sektorlar hamkorligidagi bu kabi amaliy ishlar, aholi bilan muloqotlar, sayyor qabullar Orolboʻyining qolgan hududlarida ham tashkil qilinyapti.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid