Fargʻona viloyatidagi AYoQShlar tekshiriladi
Buning uchun masʼul tashkilotlar vakillaridan iborat ishchi guruh tuzilgan. Bir necha kun avval Fargʻona shahridagi portlashda 4 kishi vafot etgandi.

Fargʻona viloyatidagi avtomobillarga yoqilgʻi quyish shoxobchalari oʻrganib chiqiladi.
Viloyat hududida faoliyat koʻrsatayotgan barcha turdagi avtomobillarga yoqilgʻi quyish shoxobchalarining belgilangan norma va meʼyorlarga muvofiqligi holati oʻrganib chiqiladi. Bu haqida viloyat hokimining tegishli farmoyishi qabul qilindi.
Baxtsiz va noxush hodisalarning oldini olish, xavfsizlik qoidalariga amal qilish, yoʻl qoʻyilgan kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida tegishli tashkilotlarning masʼul tashkilotlar xodimlaridan iborat ishchi guruhi tuzildi.
Shuningdek, viloyat hududida faoliyat yuritayotgan, tashkiliy huquqiy shaklidan qatʼiy nazar barcha avtomobillarga yoqilgʻi quyish, siqilgan va suyultirilgan gaz toʻldirish shoxobchalarida ishlovchi ishchi-xodimlarni viloyat favqulodda vaziyatlar boshqarmasi qoshidagi oʻquv markazida dastur asosida shartli ravishda oʻqitilishi taʼminlanadi.
Eslatib oʻtamiz, 17 dekabr kuni Fargʻona shahridagi zapravkada portlash va yongʻinda 4 kishi halok boʻldi, bir necha kishi jarohat oldi.