Shaxmat boʻyicha Toshkent shahar hokimi kubogi turniri qanday oʻtmoqda?
“Toshkent yoshlarni sevadi” oyligi doirasida oʻtkazilayotgan mazkur musobaqada 15 ta davlatdan tashrif buyurgan 400 dan ortiq mehmon va Oʻzbekistonning turli hududlaridan kelgan ishtirokchilar qatnashmoqda.

Toshkent shahar hokimligi, Oʻzbekiston shaxmat federatsiyasi va Sky Chess tomonidan 16-22 dekabr kunlari poytaxtda “Tashkent Chess” xalqaro shaxmat turniri oʻtkazilmoqda.
Musobaqa shaxmatning standart va blits yoʻnalishida boʻlib oʻtmoqda. Sovrin jamgʻarmasi 300 mln soʻmni tashkil etadi. Nufuzli turnirda shaxmatchilar FIDE reytingidagi ochkolariga qarab guruhlarga boʻlinishgan.
Musobaqadan fotoreportaj









