platina.uz
Iqtisod

Prezident eskirgan gaz konlari samara bermayotganini tanqid qildi

Shuning uchun zamonaviy texnologiya olib kelinib, 15 ta yangi istiqbolli maydonda geologiya-qidiruv ishlari boshlanadi. Seysmik qidiruv hududi 6,5 ming kvadrat kilometrga kengaytiriladi.

Prezident eskirgan gaz konlari samara bermayotganini tanqid qildi

Shavkat Mirziyoyev gaz qazib olishdagi asosiy muammo deb geologiya-qidiruv ishlariga uzoq yillar yetarlicha eʼtibor qaratilmaganini aytdi. Oqibatda ayrim konlar foydalanish muddatini deyarli oʻtab boʻlgan, yana baʼzilarining samaradorligi past.

Prezident 19 dekabr kuni gaz qazib olishning joriy holati va uni yanada oshirish chora-tadbirlari yuzasidan yigʻilish oʻtkazdi.

Qayd etilishicha, endi zamonaviy texnologiya olib kelinib, 15 ta yangi istiqbolli maydonda geologiya-qidiruv ishlari boshlanadi. Seysmik qidiruv hududi 6,5 ming kvadrat kilometrga kengaytiriladi.

Yigʻilishda “Oʻzbekneftgaz” AJ raisi joriy yilda bajarilgan ishlar va 2025 yilgi ustuvor vazifalar toʻgʻrisida axborot berdi.

Xorijiy kompaniyalar bilan hamkorlikda kelasi yil gaz qazib chiqarish hajmini barqarorlashtirish loyihalari shakllantirildi. Mutasaddilarga yirik xorijiy kompaniyalar va ekspertlarni jalb etgan holda, geologiyani rivojlantirish va yangi konlarni oʻzlashtirish boʻyicha 2025 yil uchun dastur ishlab chiqish topshirildi.

“Oʻzbekneftgaz”da transformatsiyani davom ettirib, tannarxni kamaytirish, xalqaro kredit reytingini yaxshilash vazifa qilib olingan. Jumladan, kelgusi yilda ishlab chiqarish va geologiya-qidiruv loyihalarini moliyalashtirish uchun xalqaro manbalardan mablagʻ jalb qilinishi moʻljallangan.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid