platina.uz
Iqtisod

"Mikrokreditbank" xaridlar rejasini raqamlashtirishni yoʻlga qoʻydi

Bu orqali mahsulot yetkazuvchi hamda xizmat koʻrsatuvchilarga ochiq va shaffof tarzda xizmatlarni taklif qilish imkoniyati yaratiladi.

"Mikrokreditbank" xaridlar rejasini raqamlashtirishni yoʻlga qoʻydi

Keyingi yillarda yurtimizda davlat xaridlarini shaffof amalga oshirish maqsadida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimi, manfaatlar toʻqnashuvi toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlari yangilandi.

Ushbu tizimni rivojlantirish, barcha xaridlarni qonuniy va halol oʻtkazish maqsadida, sohada zamonaviy texnologiyalarni qoʻllash yaxshi samara bermoqda.

Buni inobatga olgan holda "Mikrokreditbank" ATB tijorat banklari ichida birinchi boʻlib, bankka zarur boʻlgan tovar va xizmatlar boʻyicha xaridlar rejasini raqamlashtirishni yoʻlga qoʻydi.

Natijada bankning iABS dasturida yangi modul yaratilib, test rejimida amaliyotda qoʻllanilmoqda. Bunda bankning yillik xarid rejasini Bosh ofis va hududlar kesimida elektron shakllantirish, xaridlarni amalga oshirishni markazlashgan holda tashkillashtirish va bu bilan xarajatlar tejamkorligini oshirish taʼminlanadi. Eng asosiysi, tovar va xizmatlarni xarid qilish shaffof boʻlib, manfaatlar toʻqnashuvining oldi olinadi.

Shuningdek, loyiha doirasida maxsus portallar - exarid.uzex.uz, XT-xarid.uz, cooperation.uz hamda etender.uzex.uz portallari bilan integratsiya qilish orqali ushbu platformalardagi bankning xarid jarayonlari iABC dasturida real vaqt rejimida koʻrinib turadi.

Mahsulot yetkazuvchi hamda xizmat koʻrsatuvchilarga ochiq va shaffof tarzda oʻz xizmatlarini taklif qilish imkoniyati yaratiladi. Bunda bank binolarini qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal taʼmirlash ishlari boʻyicha davlat xaridlarini "Shaffof qurilish" milliy axborot tizimi orqali inson omilisiz oʻtkaziladigan elektron tender (tanlov) savdolari orqali amalga oshiriladi.

Bundan tashqari, Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan Davlat xaridlari sohasida foydalaniladigan tovarning (ishlar va xizmatlarning) yagona milliy klassifikatori orqali maʼlumot almashish yoʻlga qoʻyiladi.

Asosiysi, bu jarayonlarda inson omili ishtirok etmaydi. Natijada esa manfaatlar toʻqnashuvi, korrupsiya, tanish-bilishchilik degan illatlarga oʻrin qolmaydi. Bu kabi raqamlashtirish ishlari kelgusida bank omborxonalarida ham amalga oshirilishi rejalashtirilmoqda.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid