Leyli Seytova Qoraqalpogʻiston ekologiya vaziri etib tayinlandi
U avval Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Byudjet va iqtisodiy islohotlar qoʻmitasi aʼzosi boʻlgan.

Qoraqalpogʻiston ekologiya vaziri tayinlandi.
Seytova Leyli Pulatovna Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vaziri lavozimiga tayinlandi.
Leyli Seitova tayinlovga qadar Oʻzbekiston Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati, Qonunchilik palatasining Byudjet va iqtisodiy islohotlar qoʻmitasi aʼzosi boʻlgan.
Shuningdek, Nukus tumani moliya boʻlimi boshligʻi va boshqa masʼuliyatli lavozimlarda faoliyat olib borgan.