Jamshidjon Abduzuhurov qishloq xoʻjaligi vaziri oʻrinbosari vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi
Tayinlovgacha u vazirlikda departament boshligʻi boʻlgan.

Qishloq xoʻjaligi vaziriga oʻrinbosar tayinlandi.
Vazirlik matbuot xizmati xabariga koʻra, Jamshidjon Abduzuhurov qishloq xoʻjaligi vazirining oʻrinbosari vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.
Tayinlovga qadar u Qishloq xoʻjaligi vazirligi Qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtirish departamenti boshligʻi lavozimida faoliyat yuritgan.