platina.uz
Jamiyat

34 mlrd soʻm ortidan ushlangan kriptovalyutachi masalasiga izoh berildi

U “Binans” platformasida 4 mingdan ortiq vositachilik operatsiyalarini amalga oshirgani hamda vositachilik haqi undirib kelgani aytilmoqda. 

34 mlrd soʻm ortidan ushlangan kriptovalyutachi masalasiga izoh berildi

Buxorolik 17 yoshli oʻsmir katta miqdordagi kriptovalyutani ishlab topganligi uchun javobgarlikka tortilgani boʻyicha xabarga izoh berildi.

IIV maʼlumotiga koʻra, 17 yoshli Z.M. 7 oy davomida “Binans” platformasida 4 mingdan ortiq 34 mlrd soʻmlik vositachilik (“virtual valyutchik”lik) operatsiyalarini amalga oshirgan hamda vositachilik haqi undirib kelgan. U Telegramdagi yopiq guruhlarda bu ishlarni amalga oshirgani aytilmoqda.

"Bu holatda 34 mlrd soʻm ishlab topilgan yigitning daromadi emas, balki tizimdan oʻtkazilgan boshqa bir insonlarning puli summasidir. Maxsus platformalar sodda va qulay yaratilgan boʻlib, ulardan axborot texnologiyalari, hatto kriptovalyuta sohasida chuqur bilimga ega boʻlmagan kishilar ham bemalol foydalana oladi.

Bugunga kelib esa yirik firibgarlar, narkotik, qurol, odam savdosi, bolalar pornografiyasiga ixtisoslashgan uyushgan jinoiy guruhlar hisob-kitoblarni asosan anonim kriptoaktivlar orqali amalga oshirmoqda. Shuningdek, terrorchi guruhlar oʻzlarini moliyalashtirish uchun kriptovalyuta orqali mablagʻ yigʻmoqda", deya taʼkidlanadi xabarda.

Z.M. aylantirgan mablagʻlarning aksariyat qismi pensiya, oylik, onlayn kredit kartalaridan kelib tushgan, yaʼni ushbu mablagʻlar firibgarlik yoʻli bilan oʻzlashtirilgan pullarni legalizatsiya qilishga va ularni izini yoʻqotishga qaratilgan harakat ekanligi gumon qilinmoqda.

"Bunga javobni esa tergov va sud organlari beradi. Aybsizlik prezumpsiyasiga ham toʻliq amal qilinadi" deya taʼkidlangan IIV xabarida.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid