Qonunga zid boʻlgan 7 mlrd soʻmlik davlat xaridlari bekor qilindi
Shahrisabz shahar tibbiyot birlashmasi buyurtmachiligida 782 mln soʻmlik tibbiy uskunalar xarid qilishda manfaatlar toʻqnashuviga yoʻl qoʻyilgan.
7 mlrd soʻmlik 21 ta davlat xaridi qonunchilikka zid ekani aniqlandi.
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan joriy yilning noyabr-dekabr oylarida davlat buyurtmachilari tomonidan 7 mlrd soʻmlik 21 ta davlat xaridida qonunbuzilishi holatlariga yoʻl qoʻyilganligi aniqlandi.
Jumladan, quyidagi davlat xaridlarida manfaatlar toʻqnashuviga yoʻl qoʻyilgan:
-"Uzsungwoo" MChJ buyurtmachiligida 1,5 mlrd soʻmlik tashish xizmatlari koʻrsatish va 895 mln soʻmlik yogʻoch yetkazib berish;
-Shahrisabz shahar tibbiyot birlashmasi buyurtmachiligida 782 mln soʻmlik tibbiy uskunalar xarid qilish;
-Andijon qishloq xoʻjaligi va agrotexnologiyalar instituti qoshidagi akademik litsey buyurtmachiligida 427 mln soʻmlik issiq oziq-ovqat yetkazib berish xizmati koʻrsatish;
-"Urgut tuman suv yetkazib berish xizmati" DM buyurtmachiligida 339 mln soʻmlik taʼmirlash xizmatlari koʻrsatish;
-Chorvachilik, parrandachilik va baliqchilik ilmiy-tadqiqot instituti buyurtmachiligida 284 mln soʻmlik molekulyar genetik tadqiqotlarini tahlili yordamida Bushuyev zotining genetik pasportini tuzish;
-Zarbdor tuman maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi buyurtmachiligida 173 mln soʻmlik qishloq xoʻjaligi mahsulotlari xarid qilish;
-Uchqoʻrgʻon tumani sport maktabi buyurtmachiligida 143 mln soʻmlik sport invertarlarini sotib olish;
- Oʻzbekiston mahallalar uyushmasining Andijon shahar boʻlimi buyurtmachiligida 62 mln soʻmlik qurilish mollari sotib olish;
-Bandixon tuman tibbiyot birlashmasi buyurtmachiligida 60 mln soʻmlik issiq oziq-ovqat yetkazib berish xizmati koʻrsatish;
-Baliqchi tumani ayrim fanlar chuqur oʻrganiladigan 6-son davlat ixtisoslashtirilgan maktab-internati buyurtmachiligida 39 mln soʻmlik qishloq xoʻjaligi mahsulotlari xarid qilish yuzasidan oʻtkazilgan davlat xaridlarida.
Shuningdek:
-Denov tumani maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi buyurtmachiligida 496 mln soʻmlik qishloq hoʻjaligi mahsulotlarini sotib olish;
- Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti Jizzax filiali buyurtmachiligida 420 mln soʻmlik texnik jihozlar xarid qilish;
- Jarqoʻrgʻon tumani obodonlashtirish boshqarmasi buyurtmachiligida 200 mln soʻmlik qurilish mollari xarid qilish;
-Kosonsoy tuman maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi buyurtmachiligida 146 mln soʻmlik tikuv mashinalari xarid qilish;
-Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Sirdaryo filiali buyurtmachiligida 120 mln soʻmlik issiq ovqat yetkazib berish xizmatini koʻrsatish;
- Jizzax viloyati shoshilinch tez tibbiy yerdam ilmiy markazi buyurtmachiligida 99 mln soʻmlik texnik jihozlar xarid qilish yuzasidan oʻtkazilgan davlat xaridlarida oʻzaro affillangan shaxslar ishtirok etganligi maʼlum boʻldi.
-Fargʻona vodiysi magistral kanallaridan foydalanish boshqarmasi buyurtmachiligida 800 mln soʻmlik beton qorishma sotib olish;
-Sh.Rashidov tuman davlat arxivi buyurtmachiligida 67 mln soʻmlik qurilish mahsulotlari xarid qilish yuzasidan oʻtkazilgan davlat xaridlarida esa baholash jarayonida qonunbuzilishi holatlariga yoʻl qoʻyilgan.
Agentlikning taqdimnomalariga asosan xarid komissiyasining gʻolibni aniqlash haqidagi bayonnomalari bekor qilinib, mazkur davlat xaridlarining qonunga xilof tarzda oʻtkazilishining oldi olindi.
Oʻrganish va tahlillar jarayonida toʻplangan hujjatlar qonuniy chora koʻrish uchun huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.