Kripto-aktivlar faoliyatini litsenziyalash narxlari belgilandi
Kripto-birja uchun davlat boji qiymati bazaviy hisoblash miqdorining 73 400 baravarini tashkil etadi.

Kripto-aktivlar faoliyatini litsenziyalash narxlari belgilandi.
Adliya vazirligida “Kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi xizmatlar provayderlari faoliyatini amalga oshirishga litsenziyalar berilganligi uchun davlat boji miqdorlarini belgilash toʻgʻrisida”gi buyruq davlat roʻyxatidan oʻtkazildi.
Unga koʻra, kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi xizmatlar provayderlari faoliyatini amalga oshirishga litsenziyalar berilganligi uchun davlat boji miqdorlari toʻlash sanasida amalda boʻlgan bazaviy hisoblash miqdorining quyidagi baravarlarida belgilanadi:
-kripto-birja uchun – 73 400;
-mayning-pul uchun – 3 000;
-kripto-depozitariy uchun – 7 000;
-kripto-doʻkon uchun – 3 700.
