platina.uz
Sport

FIFA yilning eng yaxshi futbolchisi va murabbiyini eʼlon qildi

"Real Madrid" va Braziliya terma jamoasi aʼzosi Vinisius Junior FIFA The Best sovriniga ega chiqdi. 

FIFA yilning eng yaxshi futbolchisi va murabbiyini eʼlon qildi

Qatar poytaxti Doha shahrida 2024 FIFA tomonidan yilning eng yaxshi futbolchisi aniqlandi.

Ushbu sovrinni "Real Madrid" va Braziliya terma jamoasi vingeri Vinisius Junior oldi. Gʻolib nomini FIFA prezidenti Janni Infantino eʼlon qildi.

Eslatib oʻtamiz, Vinisius avvalroq oktabr oyida Parijda taqdirlash marosimi boʻlib oʻtgan "Oltin toʻp"ning asosiy favoriti deb topilgandi. Prognozlardan farqli oʻlaroq, ushbu sovrinni ispaniyalik" Manchester Siti" yarim himoyachisi Rodri olgandi.

Eslatib oʻtamiz, Vinisius ispan klubi tarkibida oʻtgan mavsumda Ispaniya chempioni, mamlakat Superkubogi gʻolibi va Chempionlar ligasi gʻolibiga aylangandi. Vinisius Dortmundning "Borussiya" klubiga qarshi kechgan finalda gol urdi. UYeFA Superkubogini ham qoʻlga kiritdi.

Eslatib oʻtamiz, 2024 yilning eng yaxshi murabbiyi mukofotini "Real Madrid" bosh murabbiyi Karlo Anchelotti qoʻlga kiritdi.

Argentinalik darvozabon Emiliano Martines ikkinchi marta sayyoraning eng yaxshi darvozaboni deb topildi. U bu mukofotni 2022 yilda ham qoʻlga kiritgan.

Argentinalik hujumchi Alexandro Garnacho esa 2024 yilning eng yaxshi goli uchun Pushkash Ferens mukofotini oldi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid