platina.uz
Jahon

Adilbek Qosimaliyev Qirgʻiziston bosh vaziri etib tayinlandi

U sobiq bosh vazir Akilbek Japarovning birinchi oʻrinbosari lavozimida ishlagan. 

Adilbek Qosimaliyev Qirgʻiziston bosh vaziri etib tayinlandi

Adilbek Qosimaliyev Qirgʻiziston Vazirlar Mahkamasi raisi etib tayinlandi.

Qirgʻiziston prezidenti farmoniga koʻra, Konstitutsiyaning 70-moddasi 1-qismi 2-bandiga muvofiq, Adilbek Aleshovich Qosimaliyev Vazirlar Mahkamasi rahbari — Prezident Administratsiyasi rahbari etib tayinlandi.

Eslatib oʻtamiz, u avval Akilbek Japarovning birinchi oʻrinbosari lavozimida ishlagan.

Adilbek Qosimaliyev 1960 yil 1 dekabrda Issiqkoʻl viloyati, Tup tumani Dolon qishlogʻida tugʻilgan. 1984 yilda Leningrad moliya-iqtisodiyot institutini iqtisodchi mutaxassisligi boʻyicha tamomlagan.

2015-2018 yillarda Qirgʻiziston moliya vaziri boʻlgan. 2021-2022 yillarda - Prezident Administratsiyasi rahbari oʻrinbosari.

2022 yil iyun oyida u Vazirlar Mahkamasi rahbarining birinchi oʻrinbosari vazifasini bajaruvchi boʻldi.

Eslatib oʻtamiz, bir necha kun avval Akilbek Japarov bosh vazir lavozimidan olingandi.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid