Rossiyada besh oʻzbekistonlik avtohalokat qurboni boʻldi
Hodisa Ulyanovsk viloyatidan oʻtadigan “Saransk-Surskoye-Ulyanovsk” yoʻnalishidagi federal trassada sodir boʻlgan.

Rossiyaning Ulyanovsk viloyatida besh oʻzbekistonlik halok boʻldi.
Joriy yil 17 dekabr ertalab soat 05:10 larda Ulyanovsk viloyatidan oʻtadigan “Saransk-Surskoye-Ulyanovsk” yoʻnalishidagi R-178 federal trassasining 209 km. Oʻzbekiston fuqarolari ishtirokida YTH sodir boʻlgan.
Bu haqda Oʻzbekistonning Qozon shahridagi Bosh konsulxonasi maʼlumot berdi.
Mudhish yoʻl transport hodisasi oqibatida 5 nafar Oʻzbekiston fuqarolari (A.A. 1977 y.t., J.I., 1988 y.t., K.S., 1975 y.t., K.A., 2004 y.t. va B.O., 1977 y.t.) halok boʻlgan.
Ushbu holat Bosh konsulxona nazoratiga olinib, vakolatli organlar bilan muvofiqlashtirish ishlari olib borilmoqda. Shuningdek, halok boʻlganlarni jasadlarni Vatanga qaytarish ishlarini amalga oshirish choralari koʻrilmokda.