platina.uz
Jamiyat

Parkentda uchta sher qafasdan chiqib ketib, qorovulning umriga zomin boʻldi

Hozirda sherlar ushlanib, qafaslarga joylashtirilgan. Mutaxassislar tekshiruv olib bormoqda. 

Parkentda uchta sher qafasdan chiqib ketib, qorovulning umriga zomin boʻldi

Parkentdagi hayvonot bogʻida sherlar qafasdan chiqib ketib, bir kishining umriga zomin boʻldi.

Parkentdagi “Lion Park”da sherlar qafasdan park hovlisiga chiqib ketib, qorovulga tashlangan va yetkazilgan tan jarohatlari sababli qorovul voqea joyida vafot etgan. Sherlarning soni uchta boʻlgan.

Hozirda sherlar ushlanib, qafasga joylashtirilgani aytilmoqda.

Sodir boʻlgan mudxish voqea yuzasidan prokuratura tomonidan mutaxassislar ishtirokida tekshirish harakatlari olib borilmoqda.

Natijasi haqida xabar beriladi, deyiladi Bosh prokuratura xabarida.

Tavsiya etamiz

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid