Oʻzbekistonda yana qor yogʻib, harorat pasayishi kutilyapti
21-22 dekabr kunlari havo harorati kechalari 7-10 daraja sovuqqacha, kunduz kunlari 0-3 daraja sovuqqacha tushib ketadi.

Oʻzbekiston hududida yana havo sovib, qor yogʻishi kutilmoqda. Joriy yilning 20-22 dekabr kunlari Oʻzbekistonga nam va sovuq havo
massalari kirib kelishi kutilmoqda.
20-21 dekabr kunlari respublika boʻyicha baʼzi joylarda yogʻingarchilik
(yomgʻir, qor) kuzatiladi, togʻ oldi va togʻli hududlarda kuchli boʻlishi mumkin.
Shamol tezligi baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi.
21-22 dekabr kunlari havo harorati kechalari 7-10 daraja sovuqqacha,
kunduz kunlari 0-3 daraja sovuqqacha pasayadi.
Yoʻllarda yaxmalak kuzatiladi.
Eslatib oʻtamiz, 15-16 dekabr kunlari mamlakat hududining katta qismida qor yogʻdi.