platina.uz
Jahon

Moskvada rus generali portlash oqibatida halok boʻldi

Igor Kirillov Rossiya armiyasi radiatsiya, kimyoviy va biologik himoya qoʻshinlari boshligʻi edi. U qoʻlbola portlovchi moslama sabab halok boʻlgan.  

Moskvada rus generali portlash oqibatida halok boʻldi

Moskva markazida rossiyalik general portlash oqibatida halok boʻldi.

Rossiya armiyasi radiatsiya, kimyoviy va biologik himoya qoʻshinlari boshligʻi general-leytenant Igor Kirillov oldindan oʻrnatilgan bomba portlashi oqibatida halok boʻldi. Bu haqda Rossiya OAVlari huquq-tartibot idoralaridagi manbalariga asoslanib xabar berdi. Rossiya tergov qoʻmitasi ham hodisani tasdiqladi.

General Kirillov bilan birga uning yordamchisi ham halok boʻlgan.

Ularning oʻlimi boʻyicha jinoiy ish qoʻzgʻatganini eʼlon qildi.

General va uning yordamchisi Moskva sharqidagi Ryazanskiy prospektidagi uyning kirish qismiga oʻrnatilgan qoʻlbola qurilmaning portlashi oqibatida halok boʻlgan.

Hozircha portlash aybdorlari haqida maʼlumot yoʻq.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid