platina.uz
Jamiyat

Ijtimoiy obʼektlarga moʻljallangan minglab tonna koʻmir talon-toroj etilgani aytilmoqda

Qoraqalpogʻistonda masʼullar umumiy bahosi 1 mlrd soʻmlik jami 2,5 ming tonna koʻmirni talon-toroj qilgani aniqlangan. 

Ijtimoiy obʼektlarga moʻljallangan minglab tonna koʻmir talon-toroj etilgani aytilmoqda

Ijtimoiy soha obʼektlarini isitish uchun yetkazib berilgan koʻmirni talon-toroj qilganlar aniqlandi.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Nukus tumani boʻlimi tomonidan tergovga qadar tekshiruv oʻtkazilgan.

Unda davlat xususiy sherikchilik bitimiga asosan koʻmir yetkazib beruvchi “N.A.” MChJga ijtimoiy soha obʼektlarini isitish uchun yetkazib berilgan koʻmir oʻlchovdan oʻtkazilganida, MChJ masʼul shaxslari umumiy bahosi 1 mlrd soʻmlik jami 2 514 tonna koʻmirni talon-toroj qilganliklari aniqlangan.

Shu kabi, Departamentning Namangan viloyati boshqarmasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv oʻtkazilgan. Davlat xususiy sherikchilik bitimiga asosan koʻmir yetkazib beruvchi “O.D.” MChJ rahbari O.Q. va boshqalar kuz-qish mavsumida Kosonsoy tumanidagi byudjet tashkilotlarini isitish uchun ajratilgan umumiy bahosi 263,1 mln soʻmlik 609,9 tonna koʻmirni boshqa shaxslarga qimmat narxlarda sotib yuborib, talon-toroj qilganliklari aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (oʻzlashtirish yoki rastrata yoʻli bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid