platina.uz

Fargʻonadagi AYoQShda yongʻin: bir kishi halok boʻlgan

Hodisa suyultirilgan gaz toʻkish vaqtida texnologik jarayonlarning buzilishi hamda texnika xavfsizligi qoidalariga rioya qilinmasligi oqibatida sodir boʻlgan. 

Jamiyat
17-dekabr 2024 yil
Fargʻonadagi AYoQShda yongʻin: bir kishi halok boʻlgan

Fargʻonadagi AYoQShda portlash va yongʻin sabab bir kishi halok boʻldi.

17 dekabr kuni Fargʻona shahar, Yangi yoʻl MFYda joylashgan, koʻp yoqilgʻili AYoQSh va AGQSh shoxobchasida suyultirilgan gaz toʻkish vaqtida texnologik jarayonlarni buzilishi hamda texnika xavfsizligi qoidalariga rioya qilmasligi oqibatida chaqnash sodir boʻlgan undan soʻng yongʻin yuzaga kelgan.

Yongʻinga yongʻin-qutqaruvchilar 13:47 da yetib borib, yongʻin oʻchirilgan.

Yongʻin natijasida 1 nafar fuqaro vafot etgan, 4 nafar fuqaro tan jarohati olgan, 8 nafar fuqarolar tibbiyot xodimlari nazoratida.

Fargʻona viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlar, hokimlik, mutasaddi vazirlik va idoralarning masʼul rahbarlari zudlik bilan voqea joyiga chiqqan holda yongʻin oqibatlarini bartaraf etish ishlari tashkil etildi, deyiladi FVB xabarida.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+