platina.uz
Jamiyat

“Alpomish” sport saroyida yoshlar gala-konserti oʻtkazildi

Poytaxtda joylashgan “Alpomish” muz saroyida “Toshkent yoshlarni sevadi” oyligi sarhisobiga bagʻishlangan gala-konsert boʻlib oʻtdi.

“Alpomish” sport saroyida yoshlar gala-konserti oʻtkazildi

Dastlab oylik doirasida oʻtkazilgan tadbirlar, koʻrik-tanlov va musobaqalar, ularning OAVda yoritilishi jarayonlari aks etgan video rolik namoyish etildi.

Shundan soʻng, “Orzu” bolalar ijodiyoti koʻrik-tanlovining adabiyot, vokal, klassika, raqs, cholgʻu, tasviriy va amaliy sanʼat yoʻnalishi gʻoliblariga Toshkent shahar hokimligi tomonidan diplom, statuyetka va esdalik sovgʻalari taqdim qilindi.

Shuningdek, Toshkent shahrining turli hududlarida faoliyat olib boruvchi yilning eng faol yoshlar yetakchilari tashakkurnoma, xorijga sayohat, dam olish maskanlariga yoʻllanma va boshqa xil qimmatbaho sovgʻalar bilan tantanali taqdirlandi.

Taqdirlash marosimidan soʻng tashkil qilingan estradamizning yorqin yulduzlari ishtirokidagi gala-konsert yoshlarga bayramona kayfiyat ulashdi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid