Zebo Saidova Samarqand viloyati hokimi oʻrinbosari etib tayinlandi
U avval Samarqand shahar oila va xotin-qizlar boʻlimi boshligʻi lavozimida ishlagan.

Saidova Zebo Behbudovna Samarqand viloyati hokimining oʻrinbosari - oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshligʻi lavozimiga tayinlandi.
Bu haqda Samarqand viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Adiz Boboyevning tegishli qarori qabul qilingan.
Bu lavozimda avval Zebiniso Rahmonova ishlab kelgan.
Maʼlumort uchun, Zebo Saidova 1978 yilda Samarqand tumanida tugʻilgan. Mazkur tayinlovga qadar Samarqand shahar hokimining oʻrinbosari - oila va xotin-qizlar boʻlimi boshligʻi lavozimida faoliyat olib borgan.