platina.uz
Jamiyat

Uzbekistan airways monopol mavqega ega deb topildi

Kompaniyaning mahalliy va xalqaro yoʻnalishlarda yoʻlovchi, yuk va pochta tashish xizmati boʻyicha ulushi 40 foizdan ortiqni tashkil etgan. 

Uzbekistan airways monopol mavqega ega deb topildi

Uzbekistan airways va Uzbekistan helicopters (Silk avia) aviakompaniyalarining mahalliy qatnovlardagi ulushi 40 foizdan oshgan. Shu sabab ular ustun mavqega ega deb topildi.

Bu haqda Raqobat qoʻmitasi 13 dekabr kuni eʼlon qilgan buyruqda maʼlum qilingan.

Uzbekistan airways AJ shuningdek, havo transportida xalqaro yoʻnalishlarda yoʻlovchi, yuk va pochta tashish xizmati boʻyicha bozordagi ulushi 40 foizdan ortiqni tashkil etganligi munosabati bilan ustun mavqega ega deb eʼtirof etiladi, deyiladi hujjatda.

Ularga tegishli tartibda xabarnoma yuborilgan.

Avvalroq “YandexGo UB” MChJ,“Yandex Eats” MChJ XK hamda“Express24 APP” MChJlar ham monopol sifatida eʼtirof etilgandi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid