Umid Abidxadjayev iqtisodiyot va moliya vaziri oʻrinbosari etib tayinlandi
Bungacha u Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti direktori lavozimida ishlab kelgan

Abidxadjayev Umid Kutpitdinovich — iqtisodiyot va moliya vaziri oʻrinbosari etib tayinlandi.
U tayinlovga qadar Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti direktori lavozimida ishlab kelgan.
U bu lavozimga 2021 yilda kelgan.
Abidxadjayev 1987 yilda Namangan shahrida tugʻilgan.
2009 yilda Toshkent islom universitetini, 2014 yilda Yaponiyaning Keyo universitetining magistraturasini, 2017 yilda Keyo universitetining iqtisod yoʻnalishi boʻyicha doktoranturasini tamomlagan.