SMM kursining ilk bitiruvchilariga sertifikatlar topshirildi
“Toshkent yoshlarni sevadi” oyligi doirasida 1000 nafar vaqtincha ishsiz ayol-qiz uchun mega loyiha amalga oshirilayotgani xabar berilgandi.

“Toshkent yoshlarni sevadi” oyligi doirasida 1000 nafar ishsiz ayol-qiz SMM sohasiga bepul oʻqitilmoqda.
Mavzuga oid: SMM orqali qanchagacha daromad topish mumkin? – Platina Podcast
16 dekabr kuni poytaxtda joylashgan yoshlar markazida intensiv mashgʻulotlarning ilk bitiruvchilariga sertifikatlar topshirish marosimi boʻlib oʻtdi.
Maʼlumot uchun, dasturda oʻqish istagini bildirgan 1895 nafar tinglovchidan 500 nafari kursni muvafaqqiyatli tamomladi. Tinglovchilar 25 ta guruhda 16 ta malakali mentorlar tomonidan SMM’ning barcha tarmoqlari haqida bilim va koʻnikmalarga ega boʻldi.



Ayni paytda bitiruvchilar savdo, taʼlim, media, turizm, pazandachilik kabi oʻnlab yoʻnalishlar boʻyicha blog yuritib, buyurtmalar qabul qilishni boshlagan. SMMchilarning katta qismi 3 mln dan 5 mln gacha daromad olmoqda.
Taqdirlash marosimida mobilografiya yoʻnalishi boʻyicha oʻtkazilgan “ENG YaXShI IJODIY ISh” koʻrik-tanlovi doirasida 10 ta saralangan ijodiy ish mualliflari sertifikat va iPhone 16 telefoni bilan tantanali taqdirlandi.