Shaxmat boʻyicha Toshkent shahar hokimi kubogi ochilish marosimi oʻtkazildi
“Toshkent yoshlarni sevadi” oyligi doirasida poytaxtda Toshkent shahar hokimi kubogi uchun xalqaro shaxmat turniri oʻtkazilmoqda.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 8 maydagi PQ-150-sonli “2026 yil Oʻzbekistonda boʻlib oʻtadigan 46-Butunjahon shaxmat Olimpiadasiga kompleks tayyorgarlik koʻrish hamda shaxmatni ommaviy harakatga aylantirishga oid chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori ijrosini taʼminlash maqsadida yosh havaskorlar va malakali shaxmatchilar ishtirokida “Tashkent Chess” “Toshkent shahar hokimi kubogi” xalqaro turniri ochilish marosimi oʻtkazildi.



Ochilish marosimida Toshkent shahar hokimi oʻrinbosari Durdona Rahimova, Toshkent shahar sport boshqarmasi boshligʻi Bekzod Ubaydullayev, Oʻzbekiston shaxmat federatsiyasi, Sky Chess masʼul xodimlari ishtirok etdilar.
Musobaqada 15 ta davlatdan 400 nafarga yaqin shaxmatchilar tashrif buyurgan. Musobaqa shaxmatning standart va blits yoʻnalishida oʻtkazilmoqda. Nufuzli turnirda shaxmatchilar FIDE reytingidagi ochkolariga qarab guruhlarga boʻlingan. Ushbu xalqaro turnir 22 dekabrga qadar davom etadi.