platina.uz
Jamiyat

Shavkat Ayupov Fanlar akademiyasi prezidenti etib saylandi

Ayupov 2021 yilda "Oʻzbekiston qahramoni" unvoni bilan taqdirlangan. Oliy Majlis Senati aʼzosi. 

Shavkat Ayupov Fanlar akademiyasi prezidenti etib saylandi

Matematik olim Shavkat Ayupov Fanlar akademiyasi prezidenti etib saylandi.

Shavkat Ayupov 1952 yilda tugʻilgan. 1974 yilda Toshkent davlat universitetini bitirgan, akademik T. A. Sarimsoqovning shogirdi.
1977 yilda fizika-matematika fanlari nomzodi, 1983 yilda fizika-matematika fanlari doktori unvonini olgan.

Asosiy ilmiy ishlari funksional analiz va uning zamonaviy tarmoqlaridan biri hisoblangan operatorlar algebralari nazariyasiga oiddir. Algebra sohasida yirik ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirgan.

2021 yilda "Oʻzbekiston qahramoni" unvoni bilan taqdirlangan. Oliy Majlis Senati aʼzosi.

Fanlar akademiyasining avvalgi rahbari Behruz Yoʻldoshev avgust oyida vafot etgandi.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid