Qirgʻiziston bosh vaziri lavozimidan ketgani aytilmoqda
Akilbek Japarov oʻz istagiga koʻra ishdan ketish haqida ariza yozgan. U prezident administratsiyasi rahbari ham sanaladi.

16 dekabr kuni Qirgʻiziston Vazirlar Mahkamasi rahbari Akilbek Japarov Vazirlar Mahkamasi rahbari lavozimini tark etdi. Bu haqda 24.kg nashri manbalarga asoslanib xabar berdi.
Akilbek Japarov oʻz xohishi bilan ariza yozgan. Vazirlar mahkamasining keyingi rahbari kim boʻlishi hozircha nomaʼlum.
Eslatib oʻtamiz, Japarov 2021 yilning 1 iyundan 12 oktabriga qadar Vazirlar Mahkamasi Raisining oʻrinbosari lavozimida ishlab kelgan. U bu lavozimni Iqtisodiyot va Moliya vazirligi rahbariyati bilan birlashtirgan.
2021 yil 13 oktabrdan Vazirlar Mahkamasining Raisi boʻldi va Prezident Administratsiyasiga rahbarlik qilib kelayotgandi.