Professor Bisenbay Mambetnazarov vafot etdi
U Oʻzbekiston Fanlar akademiyasining haqiqiy aʼzosi, Qoraqalpogʻistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi edi.

Professor Bisenbay Mambetnazarov vafot etdi.
Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti professori, qishloq xoʻjaligi fanlari doktori, birinchi darajali mehnat fidoyisi Mambetnazarov Bisenbay Satnazarovich 81 yoshida vafot etdi.
U Oʻzbekiston Fanlar akademiyasining haqiqiy aʼzosi, Qoraqalpogʻiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan fan arbobi edi.
"U mehnat yoʻli davomida bir necha shogirdlarni tayyorladi. Professor qishloq xoʻjaligi fani rivojiga salmoqli hissa qoʻshdi", deyiladi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar xabarida.