platina.uz
Jamiyat

Oʻzbekiston boʻylab 7,2 mlrd soʻmlik tender savdolari bekor qilindi

Sirdaryoda "Sayxunobod tuman yoʻllardan foydalanish korxonasi"ning 3 ta 4,2 mlrd soʻmlik savdolarida qonunga rioya etilmagan. 

Oʻzbekiston boʻylab 7,2 mlrd soʻmlik tender savdolari bekor qilindi
Foto: Platina.uz

7 mlrd soʻmdan oshiq tender savdolari bekor qilindi.

Raqobat qoʻmitasi respublikaning hududlarida maxsus axborot portalidagi maʼlumotlarga va murojaatlarga asosan davlat buyurtmachilari tomonidan amalga oshirilgan xaridlarda qonun talablariga rioya qilinganligi yuzasidan muntazam ravishda monitoring olib bormoqda.

Jumladan, Buxoro viloyati Jondor tuman tibbiyot birlashmasining 210 mln soʻmlik; Fargʻona viloyati Quva tuman Tibbiyot birlashmasining 2 ta 340 mln soʻmlik; Andijon viloyatida Andijon davlat tibbiyot instituti akademik litseyining 212 mln soʻmga yaqin; Jizzax viloyati Respublika tez tibbiy yordam markazi Jizzax filialining 318 mln soʻmdan ortiq tenderlarda qonunga rioya etilmagan.

Bundan tashqari, Qoraqalpogʻiston Respublikasida Nukus shahar “Qum ovul” MFYning 257 mln soʻmga yaqin; Sirdaryo viloyatida "Sayxunobod tuman yoʻllardan foydalanish korxonasi" DMning 3 ta 4,2 mlrd soʻmga yaqin; Navoiy viloyatida Navoiy viloyati yoshlar siyosati va sport bosh boshqarmasi tasarrufidagi sportning oʻyin turlari va yengil atletikaga ixtisoslashtirilgan sport maktabining 3 ta 1,1 mlrd soʻmlik; Namangan tumani maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimining 309 mln soʻm ortiq; Toshkent viloyatida Bekobod shahar maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimining 283 mln soʻmga yaqin boʻlgan eng yaxshi takliflarni tanlash savdolarida “Raqobat toʻgʻrisida”gi Qonuni talablariga rioya qilinmaganligi, yaʼni savdolarda raqobatni cheklaydigan yoki cheklashga olib kelishi mumkin boʻlgan harakatlar aniqlangan.

Shuningdek, tahlil qilingan davlat xaridlarida “Davlat xaridlari toʻgʻrisida”gi Qonunning tegishli modda talablari buzilganlik holatlari aniqlandi.

Raqobat qoʻmitasining oʻrganish natijalariga koʻra, yuqoridagi qonunbuzilish holatlarini bartaraf etish maqsadida buyurtmachilar tomonidan tanlov savdolari ixtiyoriy ravishda bekor qilingan, deyiladi qoʻmita xabarida.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid