Nilufar Normirzayeva Toshkent viloyati hokimi oʻrinbosari etib tayinlandi
U tayinlovga qadar Yangiyoʻl tumani hokimi oʻrinbosari – oila va xotin-qizlar boʻlimi boshligʻi vazifasida ishlab kelayotgan edi.

Normirzayeva Nilufar Anvarjanovna - Toshkent viloyati hokimi oʻrinbosari – oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshligʻi etib tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimligi xabar berdi.
Nilufar Normizayeva 1976 yil Toshkent viloyati Yangiyoʻl shahrida tugʻilgan. Maʼlumoti oliy. Mutaxassisligi - musiqa oʻqituvchisi, milliy gʻoya, maʼnaviyat asoslari va huquq taʼlimi.
U faoliyati davomida Yangiyoʻl tumani hokimligining bir qator masʼul lavozimlarida faoliyat olib borgan.
Tayinlovga qadar, Yangiyoʻl tumani hokimi oʻrinbosari – oila va xotin-qizlar boʻlimi boshligʻi vazifasida ishlab kelayotgan edi.
Avvalroq Zebo Saidova Samarqand viloyati hokimi oʻrinbosari boʻlgandi.