platina.uz
Jamiyat

Hafta davomida ob-havo biroz iliqlashadi

Respublika hududi boʻyicha harorat 17 dekabr kuni kechasi 8-13 daraja sovuq boʻlishi saqlanib turadi, kunduz kuni esa havo harorati koʻtarila boshlaydi. 

Hafta davomida ob-havo biroz iliqlashadi

Oʻzbekistonda hafta davomida harorat biroz koʻtariladi. Yogʻib oʻtgan qordan soʻng Oʻzbekiston hududining katta qismida qor qoplami hosil boʻldi. Bugun ertalab havo harorati 8-13 daraja sovuqqacha, ayrim joylarda 15 daraja sovuqqacha, eng chekka janubda 4-6 daraja sovuqqacha pasaydi.

Bugun kunduzi respublikaning barcha hududlari boʻyicha yogʻingarchiliksiz ob-havo boʻlmoqda. Havo harorati 0-5 daraja sovuq atrofida, shimolda va janubda baʼzi joylarda 2 daraja iliqqacha boʻladi.

Oʻzbekisiton hududining katta qismida quruq ob-havo 19 dekabr kuniga qadar saqlanib turadi. Faqat 19 dekabr chorshanba kuni Qoraqalpogʻston Respublikasi, Xorazm viloyatida va kunning ikkinchi yarmida Buxoro, Navoiy viloyatlarida baʼzi joylarida yogʻingarchilik boʻladi.

Respublika hududi boʻyicha harorat 17 dekabr kuni kechasi 8-13 daraja sovuq boʻlishi saqlanib turadi, kunduz kuni esa havo harorati koʻtarila boshlaydi. 19 dekabrga kelib, harorat kechasi 0-2 daraja sovuqqacha, kunduz kuni 5-7 daraja iliqqacha, janubda baʼzi joylarda 10 daraja iliqqacha koʻtariladi.

20 dekabr -juma kuni Oʻzbekiston boʻyicha baʼzi joylarda yomgʻir va qor koʻrinishidagi yogʻingarchilik kuzatiladi. Kunduz kungi harorat 0-3 daraja iliqqacha pasayadi.

Respublikaning ayrim joylariga kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin.

18-20 dekabrda baʼzi joylarda shamol tezligi 13-18 m/s gacha kuchayadi.

Poytaxtda: 16-19 dekabr kunlari yogʻingarchilik kutilmaydi. Harorat kechalari 10-12 daraja sovuqdan 0-2 daraja sovuqqacha, kunduz kunlari 3-5 daraja sovuqdan 5-7 daraja iliqqacha asta-sekin koʻtariladi.

20 dekabrda vaqti-vaqti bilan yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻladi. Harorat kechasi va kunduzi 0-2 daraja iliq boʻladi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid