platina.uz
Jamiyat

Gulnora Normurodova Jizzax viloyati hokimi oʻrinbosari boʻldi

Avval bu lavozimda ishlagan Nazira Muxtorova Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatligiga saylangan.  

Gulnora Normurodova Jizzax viloyati hokimi oʻrinbosari boʻldi

Jizzax viloyati hokimiga yangi oʻrinbosar tayinlandi.

Jizzax viloyati hokimi Ergash Saliyevning tegishli qarori bilan Normurodova Gulnora Ikromovna Jizzax viloyati hokimining oʻrinbosari - Oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshligʻi lavozimiga tayinlandi.

Gulnora Normurodova 1985 yilda Jizzax tumanida tugʻilgan.

U mazkur tayinlovga qadar Savdo canoat palatasi Jizzax viloyati boshqarmasi boshligʻining oʻrinbosari lavozimida faoliyat olib borayotgan edi.

Eslatib oʻtamiz, 2018 yildan 2024 yilgacha viloyat hokimining oʻrinbosari-Oila va xotin qizlar boshqarmasi boshligʻi boʻlib ishlab kelgan Muxtorova Nazira Abdusattorovna Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatligiga saylangan.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid