platina.uz

“Yuksaklik sari tasodif boʻlmagan 100 ta uchrashuv” kitobining 2-nashri taqdimot qilindi

Mazkur kitob AQShda yashab ijod qilayotgan taniqli aktyor, publitsist Otabek Mahkamov qalamiga mansub boʻlib, muallif ushbu ijodiy loyihadan tushgan mablagʻning bir qismini Oʻzbekistondagi ogʻir kasalliklarga chalingan va dori-darmonga moddiy imkoni boʻlmagan bolalarni davolatish uchun ajratadi.

Jamiyat
15-dekabr 2024 yil

14 dekabr kuni Yoshlar ijod saroyida AQShda yashab ijod qilayotgan taniqli aktyor, publitsist Otabek Mahkamov qalamiga mansub “Yuksaklik sari tasodif boʻlmagan 100 ta uchrashuv” kitobining 2-nashri taqdimot qilindi.

Ushbu kitob qahramonlari orasida Hillari Klinton, Gordon Ramzi, Antonio Banderas, Devid Kopperfild, Enrike Iglesias, Farrux Zokirov, Daniyel Redkliff kabi mashhur insonlar hamda dunyo miqyosidagi yulduz boʻlmasa-da, koʻpchilikka taniqli shaxslar bor.

Otabek Mahkamov Oliy Majlis senati raisi Tanzila Narbayeva bilan

Otabek Mahkamov ilk daqiqalardanoq suhbatdoshining eʼtiborini jalb etish, uning yangi, baʼzan kutilmagan jihatlarini ochib berish qobiliyatiga ega. Shu boisdan mazkur kitobda jamlangan tasodif boʻlmagan har bir uchrashuvning oʻziga xos qiziqarli tarixi bor.

Otabek Mahkamov bosh prokuror Nigʻmatilla Yoʻldoshev bilan

Kitob samimiyat bilan yozilgan. U hayot, uning darslar, quvonchlari, fojialari, yoʻqotishlari va gʻalabalari haqida. Undan barcha zamon va xalqlarga xos hazil-mutoyiba, teran mulohazalar, oʻtkir mushohadalar, tarixiy misollar hamda hikmatli soʻzlar ham oʻrin olgan.

Otabek Mahkamov Oʻzbekiston Mahallalar uyushmasi raisi Qahramon Quronboyev bilan

“Yuksaklik sari tasodif boʻlmagan 100 ta uchrashuv” kitobining birinchi nashri uch tilda - oʻzbek, rus va ingliz tillarida bosib chiqarilgan edi. Ushbu yangi nashr esa faqatgina oʻzbek va ingliz tillarida chop etildi. Buning sababi shundaki, muallif eʼtiborini aynan oʻzbekzabon yoshlarga qaratishni, oʻzbek yoshlariga koʻplab davlatlarga borib, taniqli insonlar bilan koʻrishib suhbatda boʻlish aql bovar qilmas ish emasligini, bu ularning xam qoʻlidan kelishi mumkinligini koʻrsatib berishni maqsad qilgan. Undan tashqari, bu orqali milliy kontent boyiydi, oʻzbek tili nufuzi va mavqei yanada oshadi.

Otabek Mahkamov Yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Saʼdullayev bilan

Otabek Mahkamov ushbu ijodiy loyihadan tushgan mablagʻning bir qismini Oʻzbekistondagi ogʻir kasalliklarga chalingan va dori-darmonga moddiy imkoni boʻlmagan bolalarni davolash uchun ajratishni rejalashtirgan.

Muallif ushbu ijodiy loyihadan tushgan mablagʻning bir qismini Oʻzbekistondagi ogʻir kasalliklarga chalingan va dori-darmonga moddiy imkoni boʻlmagan bolalarni davolash uchun ajratishni rejalashtirgan.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+