platina.uz
Jamiyat

Diyora Keldiyorovaning kimonosi va qadimiy surat: Toshkentda bemor bolalar ishtirokida koʻrgazma oʻtkazildi

Koʻrgazmada 100 nafardan ortiq bolaning 1000 dan ortiq ijodiy ishlari taqdim etildi. 

Diyora Keldiyorovaning kimonosi va qadimiy surat: Toshkentda bemor bolalar ishtirokida koʻrgazma oʻtkazildi

Toshkent shahri hokimiyati va Yoshlar ishlari agentligi tomonidan “Toshkent yoshlarni sevadi” oyligi doirasida oʻtkazilgan koʻrgazmada bemor bolalar mehmon boʻlishdi.

Koʻrgazmada 100 nafardan ortiq bolaning 1000 dan ortiq ijodiy ishlari taqdim etildi.

Tadbirning ochilish qismida moderatorlar Muazzam Ibrohimova va Aziza Qurbonovalar bolalar va ularning ota-onalariga kasallikni yengish boʻyicha motivatsion nutq soʻzlab berishdi.

Qorbobo sovgʻalarni tarqatib boʻlgandan soʻng tadbirning eng qiziq qismi boshlandi – bolalar oʻzlarining eng sara asarlarini sahnaga olib chiqib, auksion qilib sotishdi. Bu auksionning oʻziga xos jihati unda talabalarning ishtiroki boʻldi va ular juda faollik koʻrsatishdi.

Bolalar suratlari auksionda eng kami 200 ming, eng koʻpi 600 ming soʻmgacha sotildi.

“Ota-onamga ijara toʻlovi toʻlashga yordam bersam edi” deya qoʻl mehnati bilan sumkacha va Oʻzbekiston bayrogʻini toʻqib kelgan Sevinch oʻziga xos rekord oʻrnatdi.

Sumkachani jurnalist Aziza Qurbonova 1 mln soʻmga sotib olgan boʻlsa, Oʻzbekiston bayrogʻini Toshkent shahar hokimligi masʼuli Durdona Rahimova 1,5 mln soʻmga xarid qildi va hokimiyatning eng koʻrinarli joyiga osib qoʻyishga vaʼda berdi.

Koʻrgazmaning muhim lotlari boʻlgan qadimiy surat “Ishonch” gazetasi jamoasi nomidan ishtirok etgan Salim Abdurahmonov tomonidan 1.5 mln soʻmga, Diyora Keldiyorovaning shaxsan imzolab bergan kimonosi 1,3 mln soʻmga xarid qilindi.

Asosiy lot – “Umid” nomli surat nusxasi shifokor Nigora Muratova va Toshkent shahar hokimligi vakili Durdona Rahimova oʻrtasida talash boʻldi va bosqichma-bosqich koʻtarilib borib, 2.5 mln soʻmga sotildi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid