Xorazmda kiyim-kechak doʻkonlari yonib ketdi
Yongʻinni oʻchirishga 13 ta qutqaruv ekipaji jalb etilgan.

Hazorasp tumanida doʻkonlar yonib ketdi.
Bugun, 14 dekabr kuni soat 03:03 da Xorazm viloyati, Hazorasp tumani, "Bogʻdor" MFY, E.Gayazov koʻchasida joylashgan yengil tipdagi konstruksiyadan yasalgan kiyim-kechak doʻkonlarida yongʻin sodir boʻlganligi toʻgʻrisida FVBga xabar tushgan.
Shunga koʻra, 13 ta yongʻin-qutqaruv ekipaji hodisa joyiga yetib borib, yongʻin oʻrab olingan va soat 05:00 da bartaraf etildi.
Yongʻin natijasida tan jarohati olgan va vafot etganlar yoʻq.
Hozirda yongʻin sababi va keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.