platina.uz
Jahon

Sobiq futbolchi Gruziya prezidenti etib saylandi

26 oktabrda boʻlib oʻtgan parlament saylovlari natijalarini tan olmagan muxolifat prezident saylovida qatnashmadi.

Sobiq futbolchi Gruziya prezidenti etib saylandi

Saylov kollegiyasi Mixail Kavelashvilini Gruziya prezidenti etib sayladi.

53 yoshli sobiq futbolchi, "Xalq hokimiyati" partiyasi aʼzosi, hukmron "Gruziya orzusi" partiyasi tomonidan nomzod sifatida koʻrsatildi. U saylovda davlat rahbari lavozimiga yagona daʼvogar boʻlgan va birinchi turda gʻalaba qozongandi.

Hukmron partiya asoschisi va faxriy raisi Bidzina Ivanishvili Kavelashvilini shunday taʼrifladi: "U gruzin kishisining eng yaxshi timsolidir".

26 oktabrda boʻlib oʻtgan parlament saylovlari natijalarini tan olmagan muxolifat nomzodini koʻrsatmadi va saylovda qatnashmadi.

Gruziyaning amaldagi prezidenti Salome Zurabishvili mazkur voqealarga qanday munosabatda ekani hozircha nomaʼlum.

Eslatib oʻtamiz, Gruziyada parlament saylovi natijalari eʼlon qilingandan buyon namoyishlar tinmayapti.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid