Oʻzbekistonlik yoshlarning IELTS olish boʻyicha maʼlumotlari ochiqlandi
Alisher Saʼdullayevning maʼlum qilishicha, IELTS imtihonidan 5,5 va undan yuqori ball olgan yoshlar soni 2020 yilda 10 152 nafarni tashkil etgan boʻlsa, joriy yilda ularning soni 52 706 nafarga yetgan.
Yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Saʼdullayev oʻzbekistonlik yoshlarning IELTS olish boʻyicha maʼlumotlarini ochiqladi.
Unga koʻra, IELTS imtihonidan 5,5 va undan yuqori ball olgan yoshlar soni 2020 yilda 10 152 nafarni tashkil etgan boʻlsa, joriy yilda 52 706 nafarga yetgan. Yaʼni 4 yilda 5 barobarga oʻsish kuzatilgan.
Shuningdek, 7-8 ball (C1 daraja) qoʻlga kiritganlar soni 2020 yilda 1807 nafarni tashkil etgan boʻlsa, 2024 yil holatiga 13 424 nafarni tashkil etmoqda. Oʻz navbatida bu 7,4 barobarga oʻsish kuzatilganini anglatadi.
8,5-9 ball (C2 daraja) qayd etganlar soni 2020 yilda 14 nafar boʻlgan, 2024 yil holatiga esa ularning soni 332 nafarga yetgan.
Bu ingliz tilini “native speaker” darajasida oʻzlashtirgan yoshlar 2021 yildagiga qaraganda qariyb 23,7 barobarga ortganini anglatadi.