platina.uz
Jamiyat

Maʼnaviy ekspertiza boʻyicha qaror bekor qilindi

Qarorda jismoniy va yuridik shaxslarning huquq va qonuniy manfaatlariga daxl qiluvchi umummajburiy kuchga ega boʻlgan huquqiy normalar belgilanganligi aniqlangan. 

Maʼnaviy ekspertiza boʻyicha qaror bekor qilindi

Media mahsulotlarni "maʼnaviy ekspertiza"dan oʻtkazishni joriy etish toʻgʻrisidagi qaror bekor qilindi. Bu haqda Adliya vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Ijtimoiy tarmoqlarda media mahsulotlarini "maʼnaviy ekspertiza" dan oʻtkazish amaliyoti joriy etilgani haqida xabarlar tarqalgandi. Adliya vazirligi ushbu holatni oʻrganib chiqib, bunday qaror qonuniy kuchga ega emasligini maʼlum qildi.

Amaldagi qonunchilikka koʻra, jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlariga daxl qiluvchi normalar faqat Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtgan taqdirdagina kuchga kiradi.

Vazirlik tomonidan mazkur masala oʻrganilganda unda jismoniy va yuridik shaxslarning huquq va qonuniy manfaatlariga daxl qiluvchi umummajburiy kuchga ega boʻlgan huquqiy normalar belgilanganligi aniqlangan.

"Maʼnaviy ekspertiza" dan oʻtkazish haqidagi hujjat tegishli organlar tomonidan bekor qilingan va ijrodan chiqarilgan.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid