platina.uz
Jahon

Janubiy Koreya prezidentiga impichment eʼlon qilindi

Endi 180 kun ichida parlament qarori mamlakat Konstitutsiyaviy sudi tomonidan koʻrib chiqilishi va tasdiqlanishi lozim boʻladi. 

Janubiy Koreya prezidentiga impichment eʼlon qilindi

Janubiy Koreya parlamenti prezident Yun Sok Yolga qarshi impichment eʼlon qildi.

Yun Sok Yolning impichmenti uchun 204 nafar deputat ovoz berdi. Impichment uchun kamida 200 deputat qoʻllovi kerak edi.

Endi 180 kun ichida parlament qarori mamlakat Konstitutsiyaviy sudi tomonidan koʻrib chiqilishi va tasdiqlanishi kerak, deb yozadi Yonhap.

Shu bilan birga, prezident bu muddat uchun allaqachon oʻz vazifasidan chetlatiladi.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq Janubiy Koreya prezidenti harbiy holat joriy etib, parlamentni tarqatishga uringan edi.

Bu mamlakatda siyosiy inqirozni keltirib chiqardi. Yun Sok Yol uushbu qarori uchun xalqdan uzr soʻradi. Mamlakat sobiq mudofaa vaziri esa qamoqda oʻzini oʻldirishga urindi.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid