platina.uz
Jamiyat

Andijonda futbolni rivojlantirish uchun 2 mlrd soʻm ajratilyapti

Andijon shahridagi maktabga eshik va romlar sotib olish va oʻrnatish uchun 500 mln, kichik oʻyingoh uchun esa 100 mln soʻm beriladi. 

Andijonda futbolni rivojlantirish uchun 2 mlrd soʻm ajratilyapti

Xalq deputatlari Andijon viloyati kengashi pul ajratish boʻyicha qarorlarni eʼlon qilindi.

Birinchi qarorga koʻra, viloyat byudjetining 3-chorak daromadlar rejasining orttirib bajarilgan qismidan viloyat "Bolalar shaharchasi" bino-inshootlarini obodonlashtirish uchun 100 mln soʻm, Andijon shahar 55-maktabga eshik va romlar sotib olish va oʻrnatish uchun 500 mln, kichik oʻyingoh uchun esa 100 mln soʻm beriladi. Oltinkoʻl tumanidagi 32-maktab qoʻshimcha binosining tom qismini taʼmirlash uchun 100 mln, jami 800 mln soʻm ajratiladi.

Ikkinchi qarorga koʻra esa jami 4 mlrd 726 mln soʻm ajratiladi.

Jumladan, viloyat futbol assosiatsiyasiga futbolni rivojlantirish uchun 2 mlrd, respublika ixtisoslashgan ona va bola salomatligi markazi viloyat filialiga 726 mln soʻm, Andijon shahar obodonlashtirish boshqarmasi xodimlari kiyim-boshlari uchun 474 mln soʻm, viloyat onkologiya va radiologiya ilmiy amaliy tibbiyot markaziga yadro tibbiyoti loyihasini amalga oshirish doirasida 50,0 ming yevro toʻlov uchun 690.0 (olti yuz toʻqson) million soʻm berilishi va boshqa xarajatlar koʻzda tutilgan.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid