platina.uz

Yozuvchi va adabiyotshunos Mahkam Mahmudov vafot etdi

Uning "Talant va ijod falsafasi", "Abadiyat lahzalari", "Hayrat va tafakkur" kabi asarlari jamoatchilik eʼtiboriga tushgan. 

Madaniyat
13-dekabr 2024 yil
Yozuvchi va adabiyotshunos Mahkam Mahmudov vafot etdi

Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, adib va adabiyotshunos Mahkam Mahmudov 84 yoshda vafot etdi.

Bu haqda Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi xabar berdi.

Nosir va adabiyotshunos Mahkam Mahmudov 1940 yilda Andijon viloyatining Asaka tumanida tugʻilgan. 1947-1957 yillarda Andijon shahridagi Muqimiy nomli maktabda taʼlim olgach, 1957-1962 yillarda Toshkent Davlat universitetida oʻqigan.

Mahkam Mahmudov dastlab shoir sifatida qalam tebratgan. Keyinchalik u nasrga ham oʻtib, tarixiy mavzular va fantastik janrda ijod qilgan.

Agar uning "Bibixonim"," Shohlar malikasi", "Movarounnahr yulduzi", "Sulton Mahmud Gʻaznaviy", "Boysungʻur ibn Shohruh", "Imom Zayniddin Gʻazzoliy" kabi qissa, hikoya va badialari tarixiy mavzularda yaratilgan boʻlsa, "Men - men emasman"," Teskari koʻzlar sayyorasi", "Sirli qasr"," Mangu kuy izlab" singari asarlarida esa u fantastik janrga qoʻl urdi.

Mahkam Mahmudov adabiyotshunos sifatida ham samarali ijod qilgan. Uning "Talant va ijod falsafasi" (1976), "Abadiyat lahzalari" (1981), "Hayrat va tafakkur" (1992) kabi asarlari adabiy va ilmiy jamoatchilik eʼtiboriga tushgan.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+