Toshkentda “Diplomsiz ish” mehnat yarmarkasi boʻlib oʻtdi
“Toshkent yoshlarni sevadi” oyligi doirasida oʻtkazilayotgan navbatdagi yirik loyiha — “Diplomsiz ish” mehnat yarmarkasi yoshlar va ish beruvchilar oʻrtasida koʻprik vazifasini bajardi.

13 dekabr kuni poytaxtdagi “Alpomish” sport saroyida “Diplomsiz ish” mehnat yarmarkasi oʻtkazildi.
Mazkur loyihadan koʻzlangan maqsad — mutaxassislikka ega boʻlmagan ishsiz yoshlarni ish bilan taʼminlashga koʻmaklashishdir.



Shu maʼnoda, mehnat yarmarkasida diplom talab etilmaydigan tadbirkorlik va xizmat koʻrsatish obektlari vakillari yoshlarga taklif va taqdimotlari bilan ishtirok etdi.
Yoshlar ham oʻz navbatida qiziqishlari va imkoniyatlari doirasida turli ishlar bilan batafsil tanishish imkoniga ega boʻldi.