platina.uz
Jamiyat

Prezident ijtimoiy himoya boʻyicha 28 ta tashabbusni ilgari surdi

Nogironligi bor shaxslar bandligi darajasi respublikada 20 foizga yetgani bilan, Jalaquduq, Chimboy, Pastdargʻom, Chortoq  va Denov tumanlarida ahvol qoniqarsiz. Davlat rahbari viloyat va tuman hokimlariga xatolarni toʻgʻirlashni topshirdi.  

Prezident ijtimoiy himoya boʻyicha 28 ta tashabbusni ilgari surdi

Prezident raisligida ijtimoiy himoya sohasidagi ishlar natijadorligi va 2025 yil uchun ustuvor vazifalar muhokamasiga bagʻishlangan yigʻilish boshlandi.

Qayd etilganidek, joriy yilda 102 ta ijtimoiy xizmat mahalla darajasiga tushirildi. Masalan, oldin odamlar protez uchun har xil komissiyalar va poliklinikada 2 oy sarson boʻlgan boʻlsa, hozir bu masala 2 haftada mahallada hal boʻlmoqda.

Yigʻilishda hamma rahbarlar ham ehtiyojmand aholini ishli qilib, daromadini koʻpaytirish, ularga manzilli ijtimoiy xizmat va yordamlar koʻrsatishni toʻgʻri tashkil qila olmayotgani koʻrsatib oʻtildi.

Xususan, kambagʻal oilalarga biriktirilgan rahbarlarning 1 ming nafari natija koʻrsata olmadi. 184 nafari ushbu oilalar xonadoniga biror marta ham bormagan.

Nogironligi bor shaxslar bandligi darajasi respublikada 20 foizga yetgani bilan, bu ishlar Jalaquduq, Chimboy, Pastdargʻom, Chortoq va Denov tumanlarida qoniqarsiz.

Mutasaddilarga ushbu tumanlarni namunali qilish, har bir masʼulga aniq vazifa belgilash topshirildi.

Shuningdek, kelgusi yil Investitsiya dasturiga kiradigan 598 ta ijtimoiy obʼekt loyihasi nogironligi bor odamlarga moslab ishlab chiqilmagani tanqid qilindi.

Ushbu viloyat, tuman hokimlariga xatolarni toʻgʻrilash topshirildi.

Viloyat hokimlari bu yil bittadan namunaviy koʻcha qilib, nogironligi borlar uchun qulay sharoit yaratishi kerak edi.

Andijon, Samarqand, Surxondaryo, Toshkent viloyatida bu boradagi ishlar boshlangan, qolgan viloyatlar loyiha ham qilmagani, mablagʻ ham bermagani koʻrsatib oʻtildi.

Mutasaddilarga bu ishlarni ikki oyda yakunlab, kelgusi yil har bir tumanda yana bittadan koʻchada qilish vazifasi qoʻyildi.

Bosh prokuror oʻrinbosari I.Adhamovga bu borada oʻzgarish qilmaganlarga qatʼiy chora koʻrish topshirildi.

Kambagʻal oila farzandlarini chet tili, IT va kasb-hunarga oʻqitish uchun qoʻshimcha imkoniyatlar yaratiladi.

Mutasaddilarga 1 martgacha toʻgaraklar ochib, kambagʻal oiladagi 118 ming yoshlarni oʻqitishni boshlash topshirildi.

Toʻgarak xarajati 80 foizgacha byudjetdan qoplanadi.

Kambagʻal oilalar farzandlarini tayyorlab, 2025 yilda 3,5 ming yoshlarni oliygohga grant asosida qabul qilish zarurligi qayd etildi.

Oliygoh rektorlari ham kambagʻal oiladan jami 4 ming nafar yoshlarni oʻqitishga bosh-qosh boʻladi. Vazir Q.Sharipovga bu borada tegishli topshiriqlar berildi.

Kambagʻal oila farzandlarini chet tili, IT va kasb-hunarga oʻqitish uchun qoʻshimcha imkoniyatlar yaratiladi.

Mutasaddilarga 1 martgacha toʻgaraklar ochib, kambagʻal oiladagi 118 ming yoshlarni oʻqitishni boshlash topshirildi.

Toʻgarak xarajati 80 foizgacha byudjetdan qoplanadi.

Kambagʻal oilalar farzandlarini tayyorlab, 2025 yilda 3,5 ming yoshlarni oliygohga grant asosida qabul qilish zarurligi qayd etildi.

Oliygoh rektorlari ham kambagʻal oiladan jami 4 ming nafar yoshlarni oʻqitishga bosh-qosh boʻladi. Vazir Q.Sharipovga bu borada tegishli topshiriqlar berildi.

Kambagʻal oilalardagi oʻzi harakatlana olmaydigan 23 ming odamga ota-onasi, turmush oʻrtogʻi, farzandlari, aka-ukasi yoki opa-singlisi qarab oʻtiribdi.

Kelgusi yildan mahalladagi ijtimoiy xodimlar va xususiy sektor ishtirokida bu odamlarni 19 mingiga uyida va 4 mingiga kunduzgi qatnov asosida qarab turish yoʻlga qoʻyiladi.

Natijada yaqiniga qarab turgan 15 ming aholinining ishlashiga sharoit yaratiladi.

Xususiy sektor bunday xizmatni koʻrsatgan kambagʻal oilalar xarajatining 80 foizini davlat qoplab beradi.Bu tajriba Toshkent shahrida 1 martgacha, boshqa hududlarda yil yakunigacha yoʻlga qoʻyilishi belgilandi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid