AQSh gipertovushli raketani muvaffaqiyatli sinovdan oʻtkazdi
Sinov aynan qachon oʻtkazilgani sir tutilmoqda, jarayon ilgʻor qurollarni rivojlantirishdagi "muhim bosqich" deb atalgan.

AQSh harbiylari Floridadagi AQSh kosmik kuchlari bazasida gipertovushli raketani muvaffaqiyatli sinovdan oʻtkazdi. Bu haqda Pentagon saytidagi bayonotda maʼlum qilingan.
Sinov aynan qachon amalga oshirilgani aniqlanmagan. AQSh Harbiy-dengiz kuchlari kotibi Karlos del Toro buni mamlakatning ilgʻor qurollarini rivojlantirishdagi "muhim bosqich" deb atadi.
Pentagonning taʼkidlashicha, bu joriy yildagi ikkinchi muvaffaqiyatli sinovdir.
Taʼkidlanishicha, yadroviy boʻlmagan gipertovushli raketaning kompleks parvoz sinovlari quruqlikdagi qoʻshinlar va dengiz floti harbiy xizmatchilari ishtirokida oʻtkazilgan.
Avvalroq, Strategiya va texnologiyalarni tahlil qilish markazi Qoʻshma Shtatlar uzoq masofali gipertovushli qurol oʻrta masofaga uchuvchi gipertovushli raketa tizimini muvaffaqiyatli sinovdan oʻtkazganini maʼlum qilgandi. Dark Eagle deb nomlangan raketaning uchirilishi AQShning Kanaveral burnidan amalga oshirildi.
Prezident Jo Baydenning amaldagi maʼmuriyati 2024 yilning kuzida Ukraina Qurolli kuchlariga uzoq masofali ATACAMS raketalari bilan Rossiyaga zarbalar berishga ruxsat berdi. AQShning saylangan prezidenti Donald Tramp bunga qarshi ekanini aytdi. Uning fikricha, bu mojaroning yanada kuchayishiga olib keladi.
Oʻz navbatida Rossiya ham Ukraina hududiga "Oreshnik" raketasi bilan zarba berdi.