platina.uz
Jamiyat

Prezident administratsiyasi xodimlari Xorazmning ogʻir hududlariga bordi

Ulugʻbek Muhammadiyev boshchiligidagi guruh Xiva tumani “Istiqlol” mahallasida qish mavsumiga tayyorgarlik koʻrish va obodonlashtirish ishlari bilan tanishdi.

Prezident administratsiyasi xodimlari Xorazmning ogʻir hududlariga bordi

Prezident topshirigʻiga asosan Prezident administratsiyasi hamda Xalq qabulxonasi boshchiligidagi Respublika ishchi guruhi vakillari eng chekka, ijtimoiy-iqtisodiy holati ogʻir hududlarda kambagʻallik va ishsizlikni qisqartirish, aholi bandligini taʼminlash hamda joylarda qish mavsumiga tayyorgarlik koʻrish boʻyicha faoliyatini davom ettirmoqda.

Xususan, Prezident maslahatchisi oʻrinbosari – Xalq qabulxonasi rahbari Ulugʻbek Muhammadiyev boshchiligidagi ishchi guruh vakillarining navbatdagi manzili Xorazm viloyati Xiva tumani boʻldi.

Prezident Virtual va Xalq qabulxonalariga kelib tushgan murojaatlar hamda oʻrganishlar natijasi asosida bir qator ehtiyojmand oilalar holidan xabar olinib, kerakli yordamlar koʻrsatildi.

Misol uchun, “Istiqlol” mahallasida “Ayollar daftari”da roʻyxatda turuvchi, boquvchisini yoʻqotgan murojjatchi Dilnoza Xudayorova xonadoniga borilib, unga oʻzini-oʻzi ish bilan band qilishi hamda oilasiga qoʻshimcha daromad keltirishi maqsadida tikuv mashinasi va kerakli anjomlar topshirildi.

Bundan tashqari, mahalladagi nuroniylar bilan iliq suhbat qurilib, aholini qiynayotgan muammolari tinglandi va ularning yechimi boʻyicha mutasaddilar bilan hamkorlikda amaliy ishlar rejalari belgilab olindi.

Shu yerning oʻzida “mahalla yettiligi” aʼzolari bilan keng muhokamalar oʻtkazilib, joylarda ishsizlik va kambagʻallikni qisqartirishda Prezidentimiz belgilab bergan yoʻnalishlar boʻyicha ishlarni qatʼiy tashkillashtirish yuzasidan koʻrsatmalar berildi, masʼullar belgilandi.

Ulugʻbek Muhammadiyev boshchiligidagi guruh “Istiqlol” mahallasida qish mavsumiga tayyorgarlik koʻrish va obodonlashtirish ishlari bilan ham yaqindan tanishdi. Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish uchun amaliy koʻmak koʻrsatildi. Mahallada “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida koʻchat ekish ishlari ham oʻtkazildi.

Shuningdek, keksa yoshdagi nuroniylar duosi bilan xayrli va savobli ishlarni davom qildirgan holda, homiylar tomonidan qurbonlik qilinib, mahallada kam taʼminlangan, boquvchisini yoʻqotgan oilalarga tarqatildi.

Respublika ishchi guruhi faoliyati davom etadi.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid