Oʻzbekistonga yana sovuq ob-havo qaytishi kutilmoqda
16 dekabrda havo harorati minimumi shimolda - 15°S, respublikaning katta qismida esa - 12°S, vodiy viloyatlarida -10°S gacha pasayadi. Qor yogʻishi mumkin.

Oʻzbekistonda hafta davomidagi biroz iliq haroratdan soʻng sovuq yana qaytadi. 15-16 dekabrda hududlarda qor yogʻishi kutilmoqda.
Shimolda 14 dekabrda baʼzi joylarda yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻladi, 15 dekabrda baʼzi joylarda qor yogʻadi. 16 dekabrda yogʻingarchilik kutilmaydi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Gʻarbiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, sharqdan
7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 14 dekabrda kechasi 0-5° sovuq, kunduzi 0-5° iliq, 15 dekabrda kechasi 3-8° sovuq, kunduzi 0-5° sovuq; 16 dekabrda kechasi 10-15° sovuq, kunduzi 3-8° sovuq boʻladi.
Markaziy viloyatlarda harorat 14 dekabrda kechasi 0-5° iliq, kunduzi 7-12° iliq; 15 dekabrda kechasi 0-5° iliq boʻladi, kunduzi 3° sovuqqacha pasayadi; 16 dekabrda kechasi 7-12° sovuq, kunduzi 0-5° sovuq boʻladi.
Janubda harorat 14 dekabrda kechasi 2-7° iliq, kunduz 9-14° iliq; 15 dekabrda kechasi 2-7° iliq boʻladi, kunduzi 0-2° sovuqqacha pasayadi; 16 dekabrda kechasi 3-8° sovuq, kunduzi 3° sovuq-2° iliq boʻladi.
Vodiy viloyatlarida harorat-5-10 darajagacha pasayadi. Togʻli hududlarda harorat minimumi -13 darajagacha tushadi.




