platina.uz
Iqtisod

Markaziy bank eski namunadagi dollar kupyuralari bilan hech qanday muammo yoʻqligini maʼlum qildi

Oʻzbekiston hududida 2009 yilgacha emissiya qilingan dollar banknotalarini ayirboshlashda cheklovlar oʻrnatilmagan. 

Markaziy bank eski namunadagi dollar kupyuralari bilan hech qanday muammo yoʻqligini maʼlum qildi

Banklarda eski namunadagi dollar kupyuralari boʻyicha cheklovlar yoʻq. Bu haqda Markaziy bank maʼlumot berdi.

"Markaziy bank hozirgi kunda mamlakatimiz hududida eski namunadagi 100 AQSh dollari nominalidagi (2009 yilgacha emissiya qilingan) banknotlarni banklar tomonidan sotish va sotib olish bilan bogʻliq amaliyotlar hech qanday muammolarsiz amalga oshirilayotganligini maʼlum qiladi.

Shu bilan birga, birorta davlat hisob-kitoblarida eski namunadagi 100 AQSh dollari nominalidagi banknotlarning qonuniy toʻlov vositasi sifatidagi maqomi oʻzgarmagan", deyiladi maʼlumotda.

Markaziy bank aholi va tadbirkorlik subʼektlarini ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan tasdiqlanmagan maʼlumotlarga ishonmaslikka chaqirib, faqat rasmiy manbalarga tayanishni tavsiya etgan.

Shuningdek, agar aholi tijorat banklarining valyuta ayirboshlash shoxobchalari tomonidan eski namunadagi 100 AQSh dollari nominalidagi banknotlarni qabul qilishda qiyinchiliklarga duch kelsa, Markaziy bankning “Ishonch telefoni” (71 200-00-44) yoki hududiy boshqarmalarga murojaat etishi mumkin.

Markaziy bank bu borada vaziyatni doimiy ravishda kuzatib borishini maʼlum qiladi.

" Valyutani tartibga solish toʻgʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq, mamlakat hududida rezidentlar va norezidentlar tomonidan chet el valyutasini sotib olish va sotish faqat mahalliy banklar orqali amalga oshirilishi eslatib oʻtiladi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid